Uzcard to‘lov tizimi ishlamay qoldi
Jamiyat
−
28 avgust 6957 1 daqiqa
Bugun, 28 avgust kuni Uzcard kartalari bilan bog‘liq amaliyotlarda nosozliklar kuzatilmoqda. "Yagona umumrespublika protsessing markazi" AJ buni Uzcard tizimida olib borilayotgan rejadan tashqari profilaktika ishlari bilan izohladi.
Bildirilishicha, vaqtinchalik uzilishlar quyidagilarda kuzatilmoqda:
- bankomatlar (ATM),
- E-POS va POS terminallari,
- xalqaro bank kartalari,
- chet elda kobeydj kartalari faoliyatida kuzatlayotgan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Uzcard saytida ham nosozlik kuzatilmoqda.
“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va mutaxassislarimiz ushbu nosozliklarni bartaraf etish va tizimning barqaror ishlashini tiklash ustida ish olib borayotganini ma’lum qilamiz. Tushunganingiz uchun tashakkur!” deyiladi xabarda.
Live
Barchasi