IIV va Uzcard aholini firibgarlardan ogohlantirdi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirligi va Yagona umumrespublika protsessing markazi (Uzcard) firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

IIVning qayd etishicha, plastik kartalardan foydalanish yanada xavfsiz va texnik jihatdan mukammal jarayonga aylanib bormoqda. Lekin firibgarlar insonlarning ishonchidan va kartalarni ishlatishning asosiy qoidalarini bilmasligidan foydalanmoqda.

Banklar va qonunni muhofaza qiluvchi organlar muntazam ravishda, pulidan ehtiyotsizlik oqibatida mahrum bo‘lgan fuqarolardan arizalarni qabul qilmoqda.

Firibgarlardan ehtiyot bo‘lish uchun quyidagi tavsiyalarga qat’iy rioya qilish so‘ralgan:

•    karta PIN-kodini begonalarga aytmaslik;
•    tekshirish uchun SMS tasdiq kodini hech kimga ko‘rsatmaslik;
•    shubhali shaxslarga pul o‘tkazmaslik;
•    ijtimoiy tarmoqlarga 16 xonali raqamlari ko‘rinib turgan karta suratini joylashtirmaslik.

“Uzcard yoki banklar karta raqamini, PIN-kodni yoki SMS bo‘yicha tasdiqlashni bilish uchun hech qachon mijozlarga qo‘ng‘iroq qilmaydi. 

Firibgarlar turli narsalarni bahona qilib, o‘zlarini bank yoki Uzcard xodimlari bo‘lib tanishtirishlari mumkin. Ularning maqsadi — kartangizdan pullarni yechib olish. Agarda sizga bunday qo‘ng‘iroq kelib tushgan bo‘lsa, e’tibor bermang”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

IIV Uzcard

Baholaganlar

314

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing