Endi o‘zbekistonliklar Qatarga vizasiz bora oladi
Olam
−
06 Oktabr 2023 11732 1 daqiqa
O‘zbekiston fuqarolari Qatar davlatiga vizasiz borish imkoniga ega bo‘ldi. Bu haqda Qatar hukumatining elektron viza berishga mo‘ljallangan rasmiy portalida ma’lum qilindi.
Portalda ko‘rsatilishicha, Hindiston, Eron, Irlandiya, Yaponiya, Qozog‘iston, Pokiston, Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSH kabi davlatlar fuqarolari ham o‘zbekistonliklar kabi Qatarda 30 kun davomida vizasiz qola oladi.
Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya, Turkiya va Ukraina kabi davlatlar fuqarolari esa ushbu mamlakatda 90 kungacha vizasiz vaqt o‘tkazishi mumkin.
Bildirilishicha, Qatarga vizasiz kirishning bir qancha shartlari bor. Xususan, fuqaroning xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati 6 oydan kam qolmasligi hamda unda qaytish yoki boshqa davlatga chiqib ketish chiptasi bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning O‘zbekistonga tashrifi arafasida Qatar davlati fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.