Yana bir qancha o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
20 may 2020
10814O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingan yana 25 nafar bemor aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
2020 yil 20 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2880 nafarni tashkil qilmoqda. Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 5 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 20 nafari xorijdan kelgan shaxslar orasidan qayd etildi. 20 nafar bemorning 5 nafari charter reys bilan Sankt-Peterburgdan, 10 nafari Qozog‘istondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan, 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, shuningdek, 2 nafari qozog‘istonlik xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi.
Hozirda mamlakatda 529 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir. Barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 2338 nafari sog‘aygan va 13 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi