Endi o‘quvchilar fan olimpiadasida g‘olib bo‘lib, Damas'ga ega chiqishi mumkin
Jamiyat
−
01 aprel
3749Aprel oyida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi o‘tkaziladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.
Bildirilishicha, ushbu olimpiadada faqat maktab bitiruvchilari ishtirok etishi va o‘quvchilar fizika, matematika hamda kimyo fanlaridan bilimini sinab ko‘rishi mumkin.
G‘oliblar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rin – Damas avtomobili (3 dona)
- 2-o‘rin – 20 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga)
- 3-o‘rin – 10 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga).
Ma’lumot uchun, olimpiadaning tuman bosqichi 8 aprel kuni, viloyat bosqichi 24 aprel kuni, respublika bosqichi 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 14 fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan o‘tkazgan muloqotida nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshirilishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


