Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga beriladigan mukofot puli 5 karra oshiriladi

Jamiyat

image

Endi nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshiriladi. Bu haqda 14 fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan o‘tkazgan muloqotida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Prezident tomonidan yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlari muhokama qilingan.

Mirziyoyev nutqi davomida nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshirilishini bildirgan.

Qolaversa, Prezident dunyoning nufuzli “top-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 mln so‘mgacha foizsiz ssuda ajratilishi haqida ham qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, shu davrgacha xalqaro fan olimpiadalarida sovrin qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga 187 mln so‘m berilgan. G‘oliblarga pul mukofot berish 2019 yildan yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, g‘oliblarning o‘qituvchilari ham 168 mln so‘m mukofot olib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14 fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlari bilan o‘tkazgan muloqotida O‘zbekistonda kambag‘al oila farzandiga qo‘shimcha grant ajratilishi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab berilishi haqida gapirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

mukofot puli fan olimpiadasi g'oliblari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing