Endi til sertifikatini olgan yoshlarning o‘qish puli ham qaytariladi
Jamiyat
−
27 fevral
10318O‘zbekistonda 2024 yilda chet tilini bilish bo‘yicha xalqaro imtihondan yuqori ball olganlarga nafaqat imtihon xarajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yoshlar bandligini ta’minlash mavzusidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Ushbu yig‘ilishda yoshlarni ishga joylashtirish, zamonaviy kasb-hunarlar va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha rejalar muhokama qilingan.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qishloq joylardagi o‘quvchilarning o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan 100 ta xususiy o‘quv markazining ijara xarajatlari 6 oygacha kompensatsiya qilinadi hamda xususiy kurslarda o‘qib, C1 sertifikatini olgan yoshlarga o‘qish xarajatlari, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari bo‘yicha esa B2 darajasi sertifikatini olish xarajatlari qoplanadi.
Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra, 2024 yilda sertifikat olishdagi imtihon xarajatidan tashqari 6 oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi