Endi “Temurbeklar maktabi”ga qizlar ham qabul qilinadi 

Jamiyat

image

2024/2025 o‘quv yilidan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayollarni qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kecha, 30 oktyabr kuni imzolangan qarorda ifodasini topgan. Qaror bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Unga ko‘ra:

•  2024/2025 o‘quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi;

•  Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.

Shuningdek, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi mablag‘lari hisobidan Milliy gvardiya bo‘linmalari va harbiy qismlarining ob’ektlariga quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq QALAMPIR.UZ saytida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga kirish uchun testda maksimal – 189 ball to‘plagan bo‘lsa-da, “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilarining imtiyozlari sababli kontraktda o‘qishga qabul qilinganlar haqida videomaterial e’lon qilingan edi. Mazkur videomaterial ko‘plab odamlarning diqqatini tortib, jamoatchilikning muhokamalariga sabab bo‘lgandi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Abdulla Aripov topshirig‘iga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat qabul komissiyasi tomonidan 189 ball to‘plagan bo‘lsa-da, to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinganlar bo‘yicha maxsus bayon tuzilgan.

Ko‘p o‘tmay, 189 ball to‘plaganlarning davlat grantida o‘qishi bo‘yicha Prezident Mirziyoyev topshiriq bergani ochiqlanib, imtiyozdan jabr ko‘rganlar Prezident imtiyozi asosidagi davlat grantida o‘qiydigan bo‘ldi. Shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligi raisi Majid Karimov ayni paytda “Temurbeklar maktabi”ning ham kvotalarini alohidalashtirish ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Temurbeklar maktabi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing