Endi talabalar ko‘chada qolmaydi..mi? Talabalarga “kvartira” masalasida yordam berish shartlari e’lon qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida 1 maydan boshlab talabalarga ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab berilishini ta’kidlagan edi.

Shunga ko‘ra, Prezidentning “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2021 yil 1 maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalarning ijara to‘lovining yarmi qoplanadi.

Ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — BHMning 1 baravaridan, qolgan hududlarda — BHMning 0,5 baravari miqdoridan oshmasligi lozim.


Maqola muallifi

Teglar

talaba

Baholaganlar

419

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing