Endi “prava”ni ariza beruvchining ishtirokisiz rasmiylashtirsa bo‘ladi
Jamiyat
−
14 aprel 2023
9212Ertaga, 15 apreldan boshlab milliy haydovchilik guvohnomasini, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan imzolangan qarorda nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra:
- milliy haydovchilik guvohnomasiga ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari joylashtiriladi, agar axborot tizimlarida ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ariza beruvchilar o‘zlarining imzo namunasini elektron shaklda taqdim etadi;
- milliy haydovchilik guvohnomalarini olish hamda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bo‘yicha arizalar ariza beruvchilarning Yagona portaldagi shaxsiy kabineti orqali onlayn tarzda har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat’iy nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin;
- yangi rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomalarini pochta orqali olish imkoniyati yaratiladi.
LiveBarchasi