Endi “prava”ni ariza beruvchining ishtirokisiz rasmiylashtirsa bo‘ladi
Jamiyat
−
14 aprel 2023 9717 1 daqiqa
Ertaga, 15 apreldan boshlab milliy haydovchilik guvohnomasini, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan imzolangan qarorda nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra:
- milliy haydovchilik guvohnomasiga ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari joylashtiriladi, agar axborot tizimlarida ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ariza beruvchilar o‘zlarining imzo namunasini elektron shaklda taqdim etadi;
- milliy haydovchilik guvohnomalarini olish hamda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bo‘yicha arizalar ariza beruvchilarning Yagona portaldagi shaxsiy kabineti orqali onlayn tarzda har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat’iy nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin;
- yangi rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomalarini pochta orqali olish imkoniyati yaratiladi.
Live
Barchasi
Sanginovning o‘g‘li otasining eski lavozimini egalladi.
31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga bordi.
30 dekabr 2025
Prezident Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining yangi binosini borib ko‘rdi.
30 dekabr 2025
Tayvan qirg‘oqlarida 6,7 magnitudali zilzila qayd etildi.
29 dekabr 2025