Endi pensiyalarni onlayn tarzda naqdga o‘zgartirish mumkin

Jamiyat

image

Pensiya jamg‘armasi my.gov.uz portalida pensiyani naqd shaklga o‘tkazish bo‘yicha onlayn xizmatni yo‘lga qo‘ydi.

Jamg‘armaga ko‘ra, endilikda ushbu xizmatdan foydalangan holda uydan chiqmasdan turib pensiyani naqd shaklga o‘tkazish mumkin. Bunda Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limiga murojaat qilish shart emas.
Xizmatdan foydalanish uchun fuqaro YIDXPda (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) ro‘yxatdan o‘tadi va “Pensiya to‘lovini naqd pul shakliga o‘tkazish” xizmatini tanlab, so‘rov yuboradi. Xizmat bepul va hech qanday hujjatlar talab etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali naqd shaklda pensiyalarni to‘lash jarayonlari boshlangani haqida xabar berilgandi. Pensiya jamg‘armasi ushbu tizimni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad pensiyalarni fuqarolarga to‘liq va o‘z vaqtida yetkazish ekanini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

pensiya YIDXP

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing