Endi OTMlarning “sirtqi”sida o‘qiydigan yoshlarning kontrakti to‘lab beriladi

Jamiyat

image

Bundan buyon har yili oliygohlarning sirtqi bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan 500 nafar eng faol yoshlar yetakchilarining kontrakt to‘lovlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to‘lab beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilayotgan bayram tadbirida ma’lum qildi.

“Yosh rahbar kadrlar zaxirasi” shakllantirilib, uning 30 foizi yoshlar yetakchilari hisobidan to‘ldiriladi. Men yoshlar yetakchilari timsolida bo‘lajak hokimlar va vazirlarni, yirik bank va kompaniyalar, davlat va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar liderlarini ko‘raman!”, dedi davlat rahbari.

Prezidentga ko‘ra, joriy yildan boshlab 36 ta sport federatsiyasi, 274 ta sport maktabi o‘z hududidagi mahallalar, o‘rta maktablar, kollej va texnikumlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Har bir ko‘cha, mahalla, maktab, kollej va texnikumda futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat-shashka va boshqa sport turlari bo‘yicha jamoalar tuziladi.

“Men siz, aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: tinimsiz o‘qib, zamonaviy bilimlarni egallashdan, ko‘nglingizdagi ezgu maqsadlar sari harakat qilishdan, hech qachon to‘xtamang!”, deya ta’kidladi Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident va yoshlar uchrashuvi

Baholaganlar

1219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing