Kecha g‘alla rejasini bajardik, hech qayerda “ura-ura” qilmadik – Mirziyoyev eski davrlarni esladi

Jamiyat

image

Avval tuman hokimlari paxta va g‘alladan hisob berardi, hozir bunday emas. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilayotgan bayram tadbirida ma’lum qildi. 

“Ikkita viloyat hokimi bo‘lib ishlab ko‘rganmanki, bizda raqamlar juda zo‘r edi, raqamlar hayotga to‘g‘ri kelmasligini bilardim, bu raqamlar mening armonim edi. Avval tuman hokimlari paxta va g‘alladan hisob berardi, hozir bunday emas. Mana, kecha g‘alla rejasini bajardik, lekin hech qayerda “ura-ura” qilinmadi-ku”, dedi Mirziyoyev.

Davlat rahbariga ko‘ra, dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 560 ming yoshga joriy yilda 155 ming gektar yer maydoni ajratilib, 800 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

“Yoshlarni ishga olgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq summasini qaytarish tartibi joriy etildi. Bu imkoniyatdan 715 ming nafar yoshlar ishlayotgan 7,5 ming korxona foydalandi. Albatta, mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ham katta-katta qadamlar qo‘yilmoqda”, dedi Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident va yoshlar uchrashuvi

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing