Men nafaqat O‘zbekiston, balki Qoraqalpog‘istonning ham farzandiman – Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilayotgan bayram tadbirida Qoraqalpog‘iston Jo‘qori Kengesi raisi Murod Kamolov bilan suhbatda bo‘ldi.

Murod Kamolov o‘z so‘zida yoshlarni bayram bilan qutlab, Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga qaratayotgan yuksak e’tiborini alohida qayd etdi. 

“Murod Kalibekovich, men hozir [qoraqalpoqlik] oilaviy kitobxonlar bilan uchrashdim. Respublika tanlovida qoraqolpoqlik oilaning “Yosh kitobxon” tanlovida birinchi o‘rinni egallab, Spark avtomobilini qo‘lga kiritgani bilan tabriklayman. Buyuk qoraqalpoq elining buyuk yoshlarini bugungi bayram bilan tabriklayman”, dedi Mirziyoyev.

Shuningdek, davlat rahbari qoraqalpoq yoshlarining ko‘pgina sohalarda ular yetakchilar safida ekanini qayd etdi.

“Bag‘rikeng, tanti, qiyinchiliklarni mardona yengib o‘tadigan qoraqalpoq xalqini yuragimdan e’zozlayman va mehr bilan aytamanki, men nafaqat O‘zbekiston farzandiman, balki men g‘urur bilan qoraqalpoq farzandiman, deb yana bir bor ta’kidlamoqchiman!”, dedi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident va yoshlar uchrashuvi

Baholaganlar

741

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing