Prezident yoshlarga oyiga 1,2 milliondan pul bermoqchi
Jamiyat
−
30 iyun 2022 16637 2 daqiqa
Yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganishi uchun har biriga oyiga 1 million 200 ming so‘mdan subsidiya beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilayotgan bayram tadbirida ma’lum qildi.

“Yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganishi uchun har biriga oyiga 1 million 200 ming so‘mdan subsidiya beriladi. Shuningdek, yoshlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun 6 oy davomida 300 ming so‘mdan pul to‘lanadi. Ularga ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha mahalliy olimpiadalarda qatnashish xarajatlari uchun – 1 million 200 ming so‘mdan, nufuzli xalqaro olimpiadalar uchun – 12 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mirziyoyevga ko‘ra, endi texnikumlarga qabul yilda 2 marta tashkil etilib, talabalar uchun davlat granti soni 2 barobarga oshiriladi. Shuningdek, texnikumlar uchun ta’lim krediti joriy qilinadi va 80 mingdan ziyod yoshlarga kredit berish uchun moliyaviy resurs ajratiladi.

“O‘tgan o‘quv yilida birgina Prezident maktablarini bitirgan 424 nafar o‘g‘il-qizlarning barchasi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi. Ularning 102 nafari (24 foizi) xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgani tahsinga sazovordir. 2 yilda 400 nafar yoshlar “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali chet ellardagi eng nufuzli oliygohlarda o‘qishga yuborildi”, deydi davlat rahbari.

Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025