Endi OAVga yo‘llangan xatlardagi xabarlar jinoyat ishi qo‘zg‘atishga sabab bo‘ladi
Jamiyat
−
10 mart 2020
7475O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun loyihasida qayd etilgan.
Hujjat bilan tuhmat:
• og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab;
• og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holda;
• xavfli retsidivist tomonidan;
• g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Shuningdek, hujjatda ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i axborot resurslari bergan xabarlarga ham to‘xtalib o‘tilgan.
Unga asosan muayyan jinoyat to‘g‘risida matbuot, radio va televideniye, hujjatli kinofilmlardagi, shuningdek ommaviy axborot vositalari yoki Internet tarmog‘i axborot resurslariga yo‘llangan, lekin e’lon qilinmagan xatlardagi xabarlar jinoyat ishini qo‘zg‘atishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat to‘g‘risidagi xabarni e’lon qilgan yoki tegishli joylarga yuborgan ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i axborot resurslari, shuningdek bu xabar mualliflari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga asosan o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan hujjatlarni va xabarni tasdiqlovchi boshqa materiallarni taqdim qilishlari shart.
LiveBarchasi