Endi noqonuniy quduq qaziganlar javobgarlikka tortiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda quduqni noqonuniy burg‘ilaganlik uchun javobgarlik belgilandi. Bu haqda kecha, 5 may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respubliksining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, yerosti suvlariga bo‘lgan talab ortib borayotgani, ayniqsa sug‘orish va boshqa xo‘jalik ehtiyojlari uchun ruxsatsiz quduqlar burg‘ilanishi, suvdan nazorat va hisob-kitoblarsiz foydalanish holatlari ko‘paygani sababli, suv resurslarini muhofaza qilish va tartibga solish zarurati yuzaga kelgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:

  • yerosti suvlarini ruxsatsiz olish, suv iste’moli qoidalarini buzish, suv olish limitlariga rioya qilmaslik, quduqni noqonuniy burg‘ilash fuqarolar uchun BHMning 6 dan 15 baravarigacha (2 mln 250 ming so‘mdan 5 mln 675 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslar uchun BHMning 15 dan 20 baravarigacha (5 mln 675 ming so‘mdan 7,5 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solinadi;
  • ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takroran sodir etilsa fuqarolar uchun BHMning 15 dan 20 baravarigacha (5 mln 675 ming so‘mdan 7,5 mln so‘mgacha) mansabdor shaxslar uchun BHMning 21 dan 30 baravarigacha (7 mln 875 ming so‘mdan 11 mln 250 ming so‘mgacha) miqdorda jarima belgilanadi.

Shuningdek, yerosti suvlarini maxsus o‘lchov uskunalarisiz olish holatlarida soliq stavkasi belgilangan me’yorning 5 baravari miqdorida undiriladi. Ammo bu qoida jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari (jumladan, tomorqa sug‘orish) uchun kuniga 5 kub metrgacha suv oladigan holatlarga tatbiq etilmaydi.

Qonun e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

quduq erosti suvlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing