Endi maktabda olingan baholar abituriyentlar balliga qo‘shilmaydi

Jamiyat

image

Endi maktabda so‘nggi 6 yillikda olingan o‘rtacha baholar oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonida inobatga olinmaydi. Bu haqda joriy yilning 19 iyul kuni qabul qilingan Prezident farmonida so‘z boradi. 

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 noyabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotishi belgilangan.

2021 yilgi qarorga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomalaridagi so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘qishga kirishda inobatga olinishi va to‘plangan ballga o‘rtacha baho qo‘shib berilishi kerak edi.

19 iyuldagi farmon bilan esa 2021 yilgi ushbu qaror batamom bekor qilinib, shahodatnomadagi baholar imtihonda inobatga olinmaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab imtihon abiturient oliy ta'lim muassasalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing