Endi koronavirus bemorlarini davolayotgan tibbiyot xodimlariga 14 kunlik ish xaqi joyida to‘lanadi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 20 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlarning tahlili bilan boshladi.

Yig‘ilishda bugundan boshlab koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan har bir maxsus shifoxonada alohida tijorat bankining kassalari tashkil qilinib, shifokorlarning 14 kunlik ish xaqini joyida olish tizimi joriy etilishi ta’kidlandi.

Tadbir ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, Prezident pandemiya bilan bog‘liq vaziyat murakkabligicha qolayotganini aytdi. Jumladan, oxirgi to‘rt kunda mamlakat bo‘yicha yangi aniqlangan 2 136 nafar bemorning 1 218 tasi (ya’ni, 57 foizi) poytaxtimiz va Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi.

Koronavirusga shubha bo‘lgan barcha bemorlarni infeksiya mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, zotiljam va nafas yetishmovchiligining klinik belgilari mavjudligiga asoslangan holda davolash muassasalariga qabul qilinishi belgilandi.

Toshkent shahrida mavjud 16 ta klinikaga qo‘shimcha COVID-19ga  shubhali bemorlar uchun mo‘ljallangan yana 7 ta 850 o‘rinli “provizor” klinikalar tashkil qilindi. Ushbu klinikalarning tibbiyot xodimlariga har bir ish kuni uchun oylik maoshining 6 foizi miqdorida ustama haq to‘lash masalasi hal qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

198

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing