Endi xodimlari semirib ketgan ish beruvchilar jazolanishi mumkin – Britaniyada
Bu qiziq
−
04 yanvar
4331So‘nggi o‘n yillikda semirish butun dunyo bo‘ylab muammoga aylandi. Bu millionlab odamlarning salomatligi va hayot tarziga ta’sir qilyapti. Rivojlangan mamlakatlarda esa bu muammo, ayniqsa, keng tarqalgan.
“New York Post” nashrining yozishicha, semizlikka qarshi kurashish tashkiloti rahbari tomonidan muammoni hal qilishga oid hayratlanarli chora taklif qilindi.
Buyuk Britaniyaning Semizlik Milliy Forumi raisi Tam Frayning “The Telegraph” nashriga bergan intervyusida, bolalar maktabga qadam qo‘ygan paytidan boshlab har yili ularning bel o‘lchamlari olinishi kerak. Milliy sog‘liqni saqlash instituti tomonidan e’lon qilingan ko‘rsatmalarga iqtibos keltirgan holda, Fray besh yoshdan boshlab barchani belini o‘lchashga chaqirdi.
Intervyuda Fray 1990 yillardan beri ayollarning bel o‘lchamlari uch dyuymga oshgani haqidagi "tashvishli" faktni keltirgan.
“Ortiqcha vazn bilan bog‘liq raqamlar erkaklar va ayollar uchun xavflidir. Shu bilan birga, bolalarda tana o‘lchovlarini o‘z vaqtida kuzatish ortiqcha visseral (chuqur yoki ichki) yog‘ bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab kasalliklarni, jumladan, 2-toifa diabet va buyrak kasalliklarining oldini oladi”, degan Semizlik Milliy Forumi raisi.
Butunjahon semirish federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiyada semirish darajasi atigi 4,97% ni tashkil qiladi, AQSHda esa 36,47% va Buyuk Britaniyada 27,88%. Aynan shuning uchun Tam Fray Metabo qonuni bo‘yicha ishchilarning bellarini o‘lchashni talab qiladigan Yaponiya tajribasidan foydalanishni taklif qildi. Unga ko‘ra, xodimlarining semizligi uchun ish beruvchilar jazolanadi.
Metabo qonuni metabolik sindrom sharafiga nomlangan bo‘lib, u bir nechta vazn bilan bog‘liq kasalliklar – yuqori qon bosimi, ko‘tarilgan xolesterin, qorin bo‘shlig‘idagi ortiqcha yog‘ va insulinga zaif hujayra reaksiyasini birlashtiradi. Qonunning asosiy maqsadi keyinchalik rivojlanishi mumkin bo‘lgan yurak xastaligi va insult kabi og‘irroq kasalliklarning oldini olishdan iborat. Ayni paytda semizlik nafaqat yoshi kattalarda, balki bolalar orasida ham ko‘paymoqda.
Misol uchun, Buyuk Britaniya Jamoatlar uyi kutubxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-2022 yillarda 4-5 yoshli britaniyalik bolalarning 10,1 foizi va 10-11 yoshli bolalarning deyarli to‘rtdan biri (23,4%) ortiqcha vaznga ega.Uning qo‘shimcha qilishicha, parhez qilish ichakda ham, miyada ham sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi. Bu sog‘lom vaznni saqlash va semirishga qarshi kurashish uchun yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanitariya-epidimiologiya qo‘mitasi O‘zbekistonda qancha odam semizlikdan aziyat chekayotgani haqida ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi