O‘zbekistonda qancha odam semizlikdan aziyat chekishi ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda har ikki kishidan biri og‘ir vaznli. Bu haqda Sanitariya-epidimiologiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bilan birgalikda O‘zbekistonning 18-64 yoshdagi aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra,  har kuni aholining uchdan ikki qismi (67 foiz) yetarli miqdorda (400 grammdan kam) sabzavot va mevalar iste’mol qilishi aniqlangan. Shuningdek, mamlakat aholisining yarmi og‘ir vaznli, 20 foizi esa semizligi ma’lum bo‘lgan.

"46 foizining qonida xolesterin miqdori oshgan! Aholining o‘rtacha tuz iste’moli kuniga 14,9 grammni tashkil etadi.  Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan miqdordan 3 baravar ko‘p (kuniga 5 grammdan oshmasligi lozim) deganidir", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Tahlillarga e’tibor berilsa, jismoniy faollik hamda ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik oqibatida  yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston semizlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing