2030 yilga borib Yer aholisining 45 foizi semizlikdan aziyat chekadi – JSST
Salomatlik
−
27 yanvar 2023
5618Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2030 yilga borib, Yer yuzi aholisining qariyb 45 foizi semizlik kasalligiga chalinishi mumkinligini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab so‘nggi 30 yil ichida bu kasallikka chalingan bemorlar soni uch baravar oshgan.
Mutaxassislarning fikricha, semizlik teri osti va tananing boshqa joylarida me’yordan ortiqcha yog‘ to‘planishi oqibatida kelib chiqadi. Shuningdek, semizlik kasalligini keltirib chiqaruvchi bir qancha omillar – kam harakatlanish, irsiy holatlar, gormanal muvozanatning buzilishi, noto‘g‘ri ovqatlanish, psixologik buzilishlar, stresslarga beriluvchanlik kabilar asosiy sabab bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, har ortiqcha 1 kg yog‘ yangi 22 km qon tomirlarini hosil bo‘lishiga olib keladi va natijada yurakni ortiqcha bosim bilan ishlashiga sabab bo‘ladi. Semiz insonlarda qandli diabetning ikkinchi turi – qon bosimi kasalligi, yurak qon tomiri va boshqa kasalliklar rivojlanish ehtimoli katta bo‘ladi. Bundan tashqari, inson yoshi ulg‘aygani sari ortiqcha vazndan qutilish ancha qiyin bo‘ladi. Erkaklarda semizlik jinsiy faollikning pasayishiga olib keladi, ayollarda esa bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi