O‘zbekistonda semizligi bor aholi ulushini kamaytirish rejalashtirilmoqda
Jamiyat
−
05 yanvar
10563O‘zbekistonda ortiqcha vaznga ega aholi ulushini 50 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Aholi salomatligi – 2030” strategiyasi loyihasida keltirilgan.
Loyihaga ko‘ra, aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali ortiqcha vaznga ega aholi ulushini 50 foizga va semizligi mavjud aholi ulushini 23 foizga qadar kamaytirish mo‘ljallangan.
Maktabgacha va maktab ta’lim tizimida sog‘lom ovqatlanish ta’minlanadi. Bunda bolalar va yoshlar o‘rtasida semizlik 30 foizga qisqartiriladi.
Ushbu loyihada har bir insonning o‘z salomatligiga mas’ulligini oshirish, preventiv tibbiyotni fundamental rivojlantirish, ta’lim tizimidan boshlab valeologiya asoslarini singdirish ham rejalashtirilgan.
Shuningdek, aholi orasida zararli odatlarga qarshi kurashish, tamaki chekuvchilar ulushini 10 foizga kamaytirish mo‘ljallanmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston aholisi orasida xalqaro qabul qilingan standart metodologiya asosida keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkaziladi. Statsionar kasalliklarning 80 foizini tuman darajasidagi shifoxonalarda bepul davolanishini ta’minlash ham yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada xodimlari semirib ketgan ish beruvchilar jazolanishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi