Endi Gvardiolaning Gvardioli bor
Sport
−
05 avgust 2023 3886 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi Germaniyaning “Leypsig” jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiolni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
“Shaharliklar” 21 yoshli xorvat bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Manchester klubiga himoyachi transferi 78.5 million funt, ya’ni 90 million yevroga tushdi. Shuningdek, “Leypsig” futbolchi uchun 10 million yevro bonus ham oladi.
Ta’kidlash joiz, Gvardiolning Angliya klubiga o‘tishi futbol tarixidagi eng qimmat markaziy himoyachi transferi sifatida qayd etildi. Shu vaqtga qadar hech bir klub markaziy himoya pozitsiyasini kuchaytirish uchun bu darajada katta summa sarflamagan.
Ma’lumot uchun, Gvardiol 2021 yilda 18 million yevro evaziga Zagrebning “Dinamo”sidan “Leypsig”ga o‘tgan edi. 21 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum klub safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr