Endi Google'dan shaxsiy ma’lumotlarni olib tashlash mumkin
Texnologiya
−
06 avgust 2023
6013Google foydalanuvchilarga internetda keraksiz shaxsiy rasmlarni nazorat qilish va fotosuratlar qidiruvlarda osongina ko‘rinmasligini ta’minlash uchun yangi maxfiylik tizimini ishga tushirmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Ushbu maxfiylik qoidalariga ko‘ra, foydalanuvchilar endi tizimda qidiruvga berilgan vaqtda o‘zlarining rasmlari chiqishini istamasa, bu suratlarni olib tashlashi mumkin. Agar shaxs veb-saytda aniq kontent yaratgan va suratlarini yuklagan bo‘lsa ham, ularning qidiruvda bo‘lishini istamasa, uni Google qidiruvidan olib tashlashni so‘rashi mumkin. Shuningdek, so‘rovlarni yuborish shakllari ham soddalashtirildi.
Ushbu tartib shaxsiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan veb-saytlarga ham tegishli.
Google shuningdek, yangi boshqaruv panelini chiqaradi. Bu foydalanuvchilarga aloqador ma’lumotlar qidirilsa, xabardor bo‘lish imkonini beradi. Ushbu vosita foydalanuvchi ma’lumotlari qidiruvda paydo bo‘lganida xabarnoma yuboradi. Keyin ular Google'dan ushbu ma’lumotlarni tezda olib tashlashni so‘rashi mumkin.
Google dastlab bunday xavfsizlik tizimini fevral oyida e’lon qildi va u avgustda global miqyosda ishga tushiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Google haqiqiy suratlar orasida neyron tarmoqlar tomonidan yaratilgan tasvirlarni topishga asoslangan brauzer boshqotirmasini ishga tushirgandi.
LiveBarchasi