Endi futbol o‘yinlariga chipta olish uchun shaxsni tasdiqlash talab etiladi

Sport

image

2026 yil 1 martdan boshlab futbol o‘yinlariga chipta olish uchun shaxsni tasdiqlash talab etiladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 21 avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. 

Unga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining quyidagi imkoniyatlarga ega “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimini (keyingi o‘rinda axborot tizimi) yaratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan:

  • xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi talablariga muvofiq stadionlardagi audio va videotasvirlarni bir nuqtaga uzatish orkali futbol uchrashuvlarida video yordamchi hakam (VAR) tizimini yanada kengaytirish;
  • futbol akademiya va maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn nazorat qilish, futbolchilarning tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish hamda shaffof seleksiya tizimini joriy qilish;
  • sohada amalga oshiriladigan loyihalarning konsepsiyalari, texnik-iqtisodiy parametrlari va boshqa loyiha (loyihaoldi) hujjatlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish;
  • futbol akademiya va maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablarida xodim, trener va futbolchilar davomatini yuritish, videokonferensaloqa tizimini tashkil etish.

Shuningdek, futbol akademiya va maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablari bosqichma-bosqich axborot tizimiga ulanadi.

Bundan tashqari:

  • tajriba-sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
  • 2026 yil 1 martga qadar futbol akademiya va maktablari O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shaxsni biometrik identifikatsiya qilish imkoniyatiga ega planshetlar bilan ta’minlanadi;
  • 2026 yil 1 martdan boshlab futbol o‘yinlariga chiptalarni xarid kilish shaxsni identifikatsiya qilish hamda matritsali shtrix-kod (QR kod) texnologiyalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Milliy futbol markazida:

  • iqtidorli futbolchilarni erta aniqlash bo‘yicha Raqamli futbol situatsion markazi tashkil etiladi hamda uning faoliyatiga tajribali murabbiylardan iborat tahlilchilar jalb etiladi;
  • futbol uchrashuvlarini markazlashgan tarzda video yordamchi hakam (VAR) tizimidan foydalangan holda kuzatish uchun “VAR” markazi tashkil etiladi;
  • axborot tizimidagi ma’lumotlarni saqlash uchun “DATA futbol” markazi tashkil etiladi;
  • 2026 yil 1 aprelga qadar futbol akademiya va maktablari, shu jumladan, futbol seksiyalari mavjud sport maktablarida o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda ularning tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish imkonini beruvchi maxsus dastur va mobil ilova ishga tushiriladi;
  • 2026 yil 1 dekabrga qadar axborot tizimi “Raqamli sog‘liqni saqlashning yagona platformasi” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Maqola muallifi

Teglar

chipta futbol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing