Endi doimiy yoki vaqtincha “propiska”dagilar soni haqidagi ma’lumotnomani onlayn olish mumkin
O‘zbekiston
−
17 Noyabr 2020 11776 1 daqiqa
Doimiy va vaqtinchalik yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma yoki 17-forma ma’lumotnomasini Ichki ishlar bo‘limlariga murojaat qilmasdan olish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar berdi.
Endilikda fuqarolarga ushbu ma’lumotnomalarni Yagona portal (my.gov.uz) orqali olish imkoniyati yaratildi.
Yagona portalda “Doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma” xizmatini tanlab ma’lumotnomani onlayn tarzda olishi mumkin.
Xizmat avtomatlashtirilgan va qisqa muddat ichida taqdim etiladi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr