Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Endi chiqindidan qarzdorlar “svet”ga to‘lov qilolmaydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 8 iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun to‘lov qilolmaydi. Bu haqda 7 mart kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.

Ushbu qonunga ko‘ra, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilar qisqa xabar (SMS) orqali xabardor qilinganidan keyin mazkur qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshira olmaydi.

Qayd etilishicha, bunda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun to‘lovlarni hisob-kitob qilishning ishonchliligi hamda to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi, shuningdek, mazkur talablar buzilgan hollarda, iste’molchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplaydi.

“Elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishni vaqtinchalik cheklovi chiqindi qarzdorligi to‘langandan so‘ng avtomatik ravishda bekor qilinadi. Qarzdorlikni qoplash uchun 5 kun vaqt beriladi”, deyiladi yangi qonunda.

Ushbu hujjat joriy yilning 8 iyun kuni kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxtda bir xonadonga 3 qop chiqindi limiti qo‘yilgani haqidagi xabarlar rad etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qarz Elektr energiyasi chiqindi svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing