Endi bola tug‘ilishi bilanoq maktabga onlayn hisobga qo‘yiladi

Jamiyat

−

image

2024 yildan boshlab O‘zbekistonda bola tug‘ilganidan so‘ng tegishli umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga onlayn hisobga qo‘yiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Keltirilishicha, 2024 yilning 1 yanvaridan boshlab bola tug‘ilganidan so‘ng doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga onlayn hisobga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi. 

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab “Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” maktablari tashkil qilinadi.

2024 yil 1 apreldan boshlab “Barkamol avlod” bolalar maktablari a’zolarining IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun har yillik grantlar ajratib boriladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing