Endi Byornem Buyuk Britaniyaning yangi Bosh vaziri bo‘ladi
Olam
−
17 iyul 3648 2 daqiqa
Endi Byornem Buyuk Britaniya Leyboristlar partiyasining yetakchisi etib rasman e’lon qilindi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Buyuk Britaniyada Katta Manchester sobiq meri Endi Byornem parlamentdagi leyborist deputatlar, kasaba uyushmalari va partiyaning mahalliy bo‘limlari tomonidan katta qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lib, Keyr Starmerning yagona vorisiga aylangan.
Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimiga tayyorlanayotgan Endi Byornem Leyboristlar partiyasi yetakchisi sifatidagi ilk nutqida Kir Starmerga minnatdorlik bildirgan. Uning aytishicha, partiyaning so‘nggi yillardagi yutuqlari aynan Starmer rahbarligidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
“Men rahbarlik qilishga va bugun biz ega bo‘lgan mustahkam poydevor ustida ishni davom ettirishga tayyorman. Bu poydevorni barchadan ko‘ra ko‘proq bir inson – Kir Starmer yaratdi. Kir Starmer rahbarligida biz tariximizdagi eng og‘ir mag‘lubiyatdan eng yirik g‘alabalardan biriga erishdik. Kir Leyboristlar partiyasini odamlar hayotini o‘zgartira oladigan darajaga qaytardi va biz so‘nggi ikki yil davomida aynan shu ish bilan shug‘ullandik.
Kutilganidek, Kir Starmer 20 iyul kuni – kelgusi ish haftasining boshlanishida ertalab Bukingem saroyida qirol Charlz III bilan uchrashib, Bosh vazirlik vakolatlarini Endi Byornemga topshiradi.
Shundan so‘ng, Byornem Dauning-strit oldida nutq so‘zlaydi va kunning ikkinchi yarmida yangi hukumat tarkibini e’lon qiladi. Manbaning qayd etishicha, yangi rahbar kelasi haftalarda aholining yashash xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan qator yangi siyosiy tashabbuslarni taqdim etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 22 iyun kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer iste’foga chiqishini e’lon qilgan edi.
Live
Barchasi