Starmer iste’foga chiqishini e’lon qildi

Olam

image
Jilovlanmas Britaniya: Buyuk Britaniya Bosh vaziri yana almashishi mumkin north_east

Jilovlanmas Britaniya: Buyuk Britaniya Bosh vaziri yana almashishi mumkin

Bugun, 22 iyun kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, endilikda mamlakat hukumatini Katta Manchesterning sobiq meri Endi Byornem boshqarishi mumkin. U o‘tgan haftada Angliyaning shimoli-g‘arbidagi Meykerfild okrugidan parlament deputati etib saylanish uchun o‘tkazilgan navbatdan tashqari saylovlarda ishonchli g‘alabaga erishgan edi.

Leyboristlar partiyasidagi ko‘pchilik Byornem ushbu siyosiy kuchga Nayjel Farajning tobora ommalashib borayotgan o‘ng-populistik “Reform UK” partiyasi tahdidini yengib o‘tishda yordam berishiga umid qilmoqda. Ijtiomiy so‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, “Reform UK” ayni paytda mamlakatdagi eng mashhur siyosiy kuch bo‘lib qolmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, Buyuk Britaniyada umumiy saylovlar kechi bilan 2029 yilning avgustiga qadar bo‘lib o‘tishi kerak, shu sababli leyboristlar o‘sha vaqtgacha saylovchilarning xayrixohligini qayta qozonishga umid qilmoqda.

Starmer Leyboristlar partiyasi uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan 7 maydagi mahalliy saylovlardan so‘ng lavozimini tark etmoqda. Ushbu saylovlar natijasida ham hukmron leyboristlar, ham konservatorlar jiddiy yo‘qotishlarga uchrab, ovozlarning katta qismini “Reform UK” partiyasiga va nisbatan kamroq qismini Yashillar partiyasiga boy bergan.

Starmerning iste’fosi Buyuk Britaniyada so‘nggi o‘n yildan sal ko‘proq vaqt ichida yettinchi hukumat rahbari ish boshlashini anglatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh vazir Kir Starmer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing