Endi BAAda o‘zbek tili ham o‘rgatilishi mumkin

Jamiyat

image

Birlashgan Arab Amirliklaridagi (BAA) yirik kutubxonalar va ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitish loyihasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bosh konsuli Kamol Ikromov BAA Madaniyat vazirligining Dubaydagi boshqarmasi vakili Anvar G‘olam Muhammad Abdulloh bilan uchrashgan.

O‘zaro muloqot davomida BAAda o‘zbek madaniyati markazlarini ochish, birgalikda madaniy tadbirlar tashkil etish, shuningdek, o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Tomonlar BAAdagi yirik kutubxonalar va ta’lim muassasalarida O‘zbekiston bo‘limlarini ochish va kelajakda o‘zbek tilini o‘qitish loyihasini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ham muhokama qilgan.

“Uchrashuv yakunida Bosh konsulxona tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining ilmiy markazlari, universitet va yirik kutubxonalari ilmiy bazasini boyitish maqsadida o‘zbek tilidagi adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deyiladi ushbu xabarda.

Abdullayev Azizbek


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BAA o'zbek tili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing