Endi ayrim transportlarni import qilishda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imi undirilmaydi

Jamiyat

image

Kecha, 19 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlarni 2025 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga import qilishda bojxona boji, utilizatsiya yig‘imi va avtotransportlarni sotib olganlik uchun avtotransport yig‘imlarining nol stavkalari qo‘llaniladi:

•    “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransportlar (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 22 (samosvallardan tashqari);
•    tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39).

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlar 2025 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi:

•    “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maxsus avtotransportlar;
•    avtomobilda yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarim tirkamalar.


Maqola muallifi

Teglar

qaror

Baholaganlar

852

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing