Endi Apple Pay, Google Pay va Paypal O‘zbekistonda ham ishlaydi

Jamiyat

image

Joriy yil yakunigacha Paypal, Alipay, UniPay, Apple Pay va Google Pay kabi xalqaro onlayn to‘lov kompaniyalari O‘zbekistonda ham ishlashni boshlaydi. Bu bo‘yicha hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Transport vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi bilan birgalikda avtotransport vositalarini ijaraga berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy va xorijiy kompaniyalar (Hertz, Avis, Sixt kabi) faoliyatini mamlakatning aeroport va temiryo‘l vokzallari hududlarida yo‘lga qo‘yish uchun qulay sharoitlar yaratish choralarini ko‘radi.

Turizm qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda hududlar bo‘yicha turistik yo‘nalishlar va ob’ektlarni qamrab oluvchi ro‘yxatni shakllantirib, Apple va Google xalqaro xaritalarga taqdim etilishini va muntazam ravishda reyestri yangilab borilishini ta’minlanadi.

Markaziy bank Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi bilan birgalikda xalqaro onlayn to‘lov kompaniyalari (Paypal, AliPay, UniPay, Apple Pay, Google Pay kabi) bilan muzokara o‘tkazib, ushbu vositalarni O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari va bank xizmatlariga ulashni yo‘lga qo‘ysin, zarur hollarda, milliy qonunchilik talablarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Apple Pay Google Pay Paypal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar