Özbekistonda Apple Pay ham işga tuşirildi
Texnologiya
−
12:24 1006 1 daqiqa
Bugun, 27 oktyabr kuni Özbekistonda Apple Pay işga tuşirildi. iPhone foydalanuvçilari uçun Apple Wallet’ga kartalarini qöşiş mumkin bölgan mahalliy banklar röyxati e’lon qilindi.
Hozirgi vaqtda Özbekistondagi sakkizta mahalliy bank va fintex-servislarning kartalarini Apple Wallet’ga qöşiş mumkin. Şu bilan birga, Apple Wallet ilovasiga ATTO transport kartasini qöşişga uriniş vaqtida Özbekistonda çiqarilgan bank kartalarini ulaş mumkinligi haqida bildirişnoma paydo bölmoqda.
Qayd etiş joiz, bundan bir neça kun oldin Turizm qömitasi Özbekistonda tez orada Apple Pay xizmati işga tuşişi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Öşanda sayyohlar oqimi jadal ösişi kutilayotgan Xitoy va Hindiston bozorlariga alohida e’tibor qaratilib, Alipay+ hamda NPCI International tizimlari bilan integratsiya işlari olib borilayotgani ma’lum qilingandi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 19 oktyabr kuni Samarqandda C5+1 formatida ötkazilayotgan tadbirlar doirasidagi “Raqamli texnologiyalar”ga bağişlangan panel sessiyasida Özbekistonda Google Pay xalqaro tölov xizmati işga tuşirilgani haqida e’lon qilingandi. Biroq kartalar xizmatga bugun, 27 oktyabrdan ulana boşladi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr