Endi 1 may Konstitutsiya kuni sifatida nishonlanadimi? Izoh berildi
Jamiyat
−
02 may 2023
17989Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi 1 may Konstitutsiya kuni sifatida nishonlanadimi?” mazmunidagi savollar keng muhokama qilinmoqda. Ushbu savolga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev o‘zining rasmiy Telegram-kanali orqali javob berdi.
“Yo‘q, bunday bo‘lmaydi! An’anaga ko‘ra, 8 dekabr – Konstitutsiya kuni bayrami sifatida nishonlanadi”, deb yozadi Tojiyev.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 may kuni Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan referendumning yakuniy natijalarini e’lon qilgandi. Referendumda ovoz beruvchilarning 84,5 foizi ishtirok etgan. Ro‘yxatga kiritilgan 19 722 809 fuqarodan 16 667 097 nafari ovoz berdi. Ulardan 611 320 nafari muddatidan oldin ovoz berishda qatnashgan.
Ovoz beruvchilarning 90,2 foizi yoki 15 034 608 nafari yangi tahrirdagi Konstitutsiyani yoqlab, 9,35 foizi yoki 1 558 817 nafari esa qarshi ovoz bergan. Haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar soni 73 672 ta (73 934 ta) yoki 0,44 foizni tashkil etdi.
LiveBarchasi