Ibrohim payg‘ambar huzuriga qaysi yuz bilan chiqasiz? – Emina Erdo‘g‘an Isroil rahbariyatiga

Olam

image

Isroilning Falastin va G‘azo xalqiga nisbatan vahshiy va dahshatli harakatlari, genotsidiga qarshi hech kim birinchi qadamni tashlay olmayapti. Chunki ko‘pchilikning ushbu tarixiy jinoyatda ishtiroki va ulushi bor. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an kecha, 15 noyabr kuni o‘zi boshchiligida Istanbulda o‘tgan “Falastin uchun yagona yurak” birinchi xonimlar sammitidagi nutqida aytib o‘tdi. 

“Tilda gumanistik qadriyatlarning eksportyori ekanini iddao qiladigan, “sivilizatsiya dunyosi” 40 kundan beri chekkan nochorlik, ular tomosha qilib turgan ikkiyuzlamachilik siyosatidan, o‘z xalqlari singari biz ham uyalyapmiz”, deydi Emina Erdo‘g‘an, G‘arbning G‘azodagi voqealarga panja ortidan qarab, Isroilni qo‘llab kelayotganiga ishora qilib. 

U so‘zida davom etib, Isroil rahbariyatiga, bugun Isroilning harbiy harakatlarini qo‘llayotganlarga murojaat qilib, shunday dedi: 

“Hech kim birinchi qadamni tashlay olmayapti, chunki ko‘pchilikning bu jinoyatda tarixiy ulushi bor. Bugungi etnik tozalashni Yaratganning amri o‘laroq himoya qilayotganlarga aytaman: Alloh hech bir bolani o‘ldirishga izn bermaydi. Yaratganga nisbatan bunday dahshatli tuhmat qilishga qanday jur’at qilyapsiz?  Bir musulmon sifatida men buni keskin rad etaman. Chunki biz ishongan Alloh Rahmon va Rahiymdir. “Ilohiy jazoga loyiq shaharlarda ham kamida 10 nafar begunoh inson bo‘ladi”, degan, o‘sha begunohlarga jazo kelmasligini so‘ragan, o‘zini ular uchun fido qilishga tayyor, butun insoniyatni ma’naviy bolalari o‘laroq qabul qilgan bobomiz Ibrohim (alayhissalom) huzurlariga qanday yuz bilan chiqasiz? Qiziq, Ibrohim payg‘ambarga o‘z buzuq mafkurangiz uchun 4 mingdan ortiq bolani o‘ldirganingizni qanday tushuntirib berasiz?” 

Barcha yaxshilik peshvolari, ayniqsa, Ibrohim payg‘ambar va boshqa payg‘ambarlar o‘zlarini bag‘ishlagan tinchlik va najot yo‘lidan borayotganlari uchun Istanbulda to‘planganlarini ifoda etgan Emina Erdo‘g‘an, niyatlari qasos emas, balki hamma uchun adolatli va barqaror tinchlikni ta’minlash ekanini urg‘uladi. 

“Hech bir mafkura, hech qanday siyosiy va iqtisodiy manfaat begunoh inson hayotidan qimmatli emas. Men insoniyatning haqiqatdan uzilgan va adolatdan yiroq rejalarini amalga oshirish uchun bolalarni oddiy yoqilg‘idek ko‘radigan sionistik g‘ildirakning bu narsissizmiga bo‘ysunishini rad etaman”, deydi Turkiya birinchi xonimi.

Eslatib o‘tamiz, sammitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva ham ishtirok etib, G‘azoda bir oydan ortiq vaqt davom etayotgan,  ming-minglab insonlar, ayniqsa, begunoh bolalar, keksalar va ayollar umriga zomin bo‘layotgan dahshatli voqealarni hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Emina Erdo'g'an Falastik uchun yagona yurak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing