Emina Erdo‘g‘an birinchi xonimlarga Falastin bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
Olam
−
16 noyabr 2023
5254Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi barcha davlat rahbarlarining turmush o‘rtoqlarini G‘azoda o‘ldirilganlar va ommaviy qirg‘in davom etayotgan bir paytda ovozi bostirilgan va o‘chirilganlarning ovozi bo‘lishga chaqirdi. U bu haqda kecha, 15 noyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan “Falastin uchun yagona yurak” sammitidagi nutqida so‘z ochdi.
Uning qayd etishicha, bugun dunyo guvohi bo‘layotgan narsa urush emas, balki faqat eng kuchli va eng shafqatsizlar omon qoladigan, boshqa hayotlarni esa osongina yo‘qqa chiqarishi mumkin bo‘lgan dunyo tartibini o‘rnatishga urinishdir.
U sammitda ishtirok etayotgan davlat va hukumat rahbarlarining rafiqalariga yuzlanib, shunday dedi:
“G‘azo va xalqaro matbuot xodimlari, sog‘liqni saqlash xodimlari, gumanitar yordam xodimlari; ularni himoya qilish uchun mas’ul bo‘lgan xalqaro hamjamiyat muvaffaqiyatsizlikka uchragan bir paytda, ular insoniyat uchun nazorat burchini o‘z jonlari evaziga bajarayotganlarida, o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv e’lon qilinmaguncha, qayerda bo‘lishimizdan qat’i nazar, barcha vositalar bilan ularni qo‘riqlaylik.
Yangi jamoat maydoniga aylangan ijtimoiy tarmoqlarda qo‘riqchi bo‘lib, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga, tinchlikka va insonparvarlik yordamiga chaqirishda davom etaylik. Har birimiz alohida kuchli va birlashganda yanada baland ovozimiz bor. Keling, hoziroq ular va dunyo uchun o‘t ochishni to‘xtatish yo‘lida so‘zimizni birlashtiraylik. Keling, bu uchrashuvni so‘zdan harakatga, Falastinda tinchlik tashabbusiga aylantiraylik. Chunki o‘t ochishni to‘xtatish bizning asosiy maqsadimiz bo‘lsa-da, bu yakuniy maqsad emas. Keling, butun dunyoni bir ovozdan Falastin va Isroilda mustahkam tinchlikka erishish uchun sa’y-harakatlarimizni birlashtirishga chaqiraylik”, deydi Emina Erdo‘g‘an.
Uning aytishicha, dunyo falastinlik bolalar va yoshlarga o‘lish yoki o‘ldirilishdan tashqari insoniy qadr-qimmatga munosib kelajak qarzdor.
“Shuning uchun hozir poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan va hududiy yaxlitligi saqlanib qolgan to‘liq mustaqil Falastin davlatini o‘z ichiga olgan ikki davlat yechimini va’da qilgan uzoq vaqtdan beri o‘tib ketgan tinchlikni o‘rnatish vaqti keldi”, deydi u.
Uning urg‘u berib aytishicha, mintaqa va hatto dunyo tinchligi hamda osoyishtaligi uchun Falastindagi nohaq ishg‘olga chek qo‘yish va Isroil bosib olgan yerlarini o‘z egasiga, falastinliklarga qaytarishi kerak. G‘azo o‘z farzandlariga porloq kelajak taqdim etishi uchun xarobalar orasidan qayta tiklanishi kerak.
Turkiya Prezidentining rafiqasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Islom Hamkorlik Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar tarkibida Isroil tomonidan vayron qilingan maktablar, bog‘lar va shifoxonalarni tiklash uchun jamg‘arma tashkil etishga chaqirdi.
Birinchi xonim Erdo‘g‘an sammitda ishtirok etib, videomurojaat yo‘llab, Falastin uchun bir ovoz, bir yurak bo‘lish chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlagan mehmonlarga minnatdorlik bildirdi. Sammitda tinchlik va birodarlik nomidan aytilgan har bir so‘z bir-biriga qorishib, dunyoda va ayniqsa, qaror qabul qiluvchilar ko‘z o‘ngida o‘z mazmunli ifodasini topishiga umid qilishini aytdi.
“Yodda tuting, bugun biz Falastinni vayronalar, qon, ko‘z yoshlar va tutun ichida ko‘rishimiz mumkin, ammo bu qorong‘u portret ortida bizning Falastin xayolimiz bor. Bu falastinlik bolalarning dini va millatidan qat’i nazar, G‘azo sohillarida qo‘l berib, birodar bo‘lib yugurishi orzusi. Limon daraxtlari gul ochgan, quyosh nurlari zaytun shoxlaridagi mevalarga tushgan, otalar qo‘rqmasdan farzandlarini kutib oladigan, onalar bolalarini o‘pib, qabrga emas, beshikka yotqizadigan Falastin”, deydi Emina Erdo‘g‘an.
Turkiya birinchi xonimi sammitda ishtirok etgan va taklifini rad etmagan birinchi xonimlarga yuzlanib, shunday dedi:
“Bu Falastin orzusi bizning qo‘limizda, va’dalarimizda, bugungi amallarimizda. Bizni o‘rab olgan zulmatda vijdoni bilan insoniyatga nur bo‘lishni niyat qilgan sizlar, yaxshiyam borsiz”.
Eslatib o‘tamiz, Istanbulda bo‘lib o‘tgan sammitda Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning onasi Shayxa Moza bint Nosir, Senegal Prezidenti Maki Saning rafiqasi Mariyeme Faye Sall, Malayziya qirolichasi Tunku Aziza Aminah Maymunah Iskandariya, O‘zbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva, Kongo Respublikasi Prezidentining rafiqasi Antuanetta Sassu-Ngesso, Bangladesh Prezidentining rafiqasi Rebeka Sultona, Bosniya i Gersegovina Prezidentlik kengashining xorvat a’zosi Jelko Komshichning rafiqasi Sabina Komshich, Livan Bosh vazirining rafiqasi May Mikati, Shotlandiya mintaqaviy bosh vaziri Hamza Yusufning rafiqasi Nadiya Al-Nakla, Liviya Bosh vaziri Abdulhamid Dibeybening rafiqasi Omina Ali Muhammad Al-Shavush Al-Dilaviy, Falastin maxsus vakili Ferial Kamel Abdalrahmon Salim, Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid an-Nahyonning rafiqasi Shayxa Alyazia bint Saif Al Nahayon, Misr rejalashtirish va iqtisodiy rivojlanish vaziri Hala Alsaid va turkmanistonlik diplomat Chinor Rustamova ishtirok etdi.
LiveBarchasi