Elnur Abduraimov finalga chiqdi

Sport

image

Iordaniyaning Amman shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha litsenzion turnirda -63 kilogramm vazn toifasidagi yarim final bahslariga ham navbat berildi. Biroz avval ushbu vazn toifasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Elnur Abduraimov final yo‘llanmasi uchun jang olib bordi.

Mo‘g‘ilistonlik tajribali Chinzorig Batarsuxga qarshi jang qilgan Elnur muxlislarga yana bir g‘alaba taqdim etdi. Jang davomida o‘zining aniq va kuchli zarbalari bilan ajralib turgan Abduraimovning harakatlarini, hakamlar yuqori ballar bilan baholadi.

Abduraimov musobaqaning final bosqichida qozog‘istonlik Zakir Saifullinga qarshi ringa ko‘tariladi.

Ma’lumot o‘rnida, ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasida 20ta Olimpiada yo‘llanmasi mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Elnur Abduraimov Boks Olimpiada

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing