Elektron viza muddati tugadimi, ketishga shoshilmang

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining elektron kirish vizasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Elektron vizaning umumiy amal qilish muddatiga (90 kun), viza egasi O‘zbekistonda bo‘lishining cheklangan muddatiga (30 kungacha) o‘zgartirishlar kiritilmadi. Biroq ilgari amal qilgan qoidaga ko‘ra, chet ellik fuqaro kirib kelgan paytida vizaning amal qilish muddati tugashiga 30 kundan kam qolgan bo‘lsa, uning ana shu muddat davomida mamlakatda bo‘lishiga ruxsat berilar edi. Mazkur cheklov bekor qilindi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida qayd etishlaricha, ushbu yangilik bois turistlarning mamlakatda ko‘proq muddat bo‘lishiga imkon yaratildi. Haqiqatan ham shunday. 1 iyunda O‘zbekistonga kelgan Hindiston fuqarosi elektron vizasining amal qilish muddati 20 iyunda tugaydi deylik. Avvalgi qoidaga amal qilinsa, u faqat 20 iyungacha bu yerda bo‘lishi, so‘ng respublikadan chiqib ketishi kerak bo‘lardi. Kiritilgan tuzatish tufayli u 30 iyungacha O‘zbekistonda bamaylixotir qolishi mumkin.

Mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi moddalarga (MJTKning 225-moddasi, JKning 224-moddasi) tuzatish kiritish juda muhim. Shu jumladan belgilangan bo‘lish muddati tugagach mamlakatdan chiqib ketishdan bo‘yin tovlash hollarida sanksiyalar qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, elektron viza e-visa.gov.uz portali orqali soddalashtirilgan va jadallashtirilgan tartibda rasmiylashtiriladi. Ayni paytda uni 75 ta davlat fuqarolari olishlari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

viza turizm

Baholaganlar

13

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing