Elektromobillarni O‘zbekistonga vaqtincha olib kirish uchun yig‘im bekor qilinadi
Jamiyat
−
18 may 2021
5800Fuqarolar elektr dvigateli orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘im to‘lashdan ozod etilishi mumkin. Bu haqda bugun, 18 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan qonunda belgilanmoqda.
Deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Coliq Kodeksiga o‘zgartipush va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritish nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, loyihada tadbirkorlik subektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan normalar o‘z aksini topgan.
Shu bilan birga, qonun loyihasi bilan elektr dvigateli orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalarini sotib olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘im to‘lashdan ozod etilishi nazarda tutilgan.
Kamola Amirova
LiveBarchasi