Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari asbob-uskunalari bojxona bojidan ozod qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda elektromobillarni zaryadlash stansiyalari 2028 yil 1 yanvargacha bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 30 dekabr kuni qabul qilingan “Aholining alohida turdagi iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini kafolatli ta’minlashga hamda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.

Farmonga ko‘ra, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar asosida O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan quyidagi tovarlar 2026 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi:

  • elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, ularning komponentlari va servis infratuzilmasi uchun texnologik asbob-uskunalar;
  • pilla yigirish va ipak gazlama to‘qish dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti urug‘i va ko‘chatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat urug‘lari.

2026 yil 1 yanvardan 2031 yil 1 yanvargacha “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan soliq to‘lovchilar uchun mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi:

  • chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan bo‘lsa;
  • har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblangan bo‘lsa.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda eski transport vositalarini yangisiga almashtirish yoki ularga filtr o‘rnatish uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

elektromobil' bojxona boji quvvatlantirish stantsiyalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing