Kurs UZS

USD

12 966.38

19.18

EUR

14 213.75

-8.75

RUB

150.23

-3.15

Elektromobil olib kiruvchi tadbirkorlar Prezidentga murojaat yo‘lladi

Jamiyat

image

Elektromobillar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentga murojaat yo‘lladi.

Erkin bozor tarafdori ekanini aytgan tadbirkorlar davlat rahbaridan cheklovlarni olib tashlash va ochiq bozorni qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan.

Mazkur holat ortidan Biznes-ombudsman munosabat bildirib, tadbirkorlarning murojaati qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan Biznes-ombudsman devoni tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Leapmotor elektromobillari xalqaro standartlarga, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan xavfsizlik talablariga javob bermagani sababli ularni O‘zbekistonga import qilish taqiqlangani xabar qilingandi. Bungacha esa Vazirlar Mahkamasining “Elektrodvigateliga ega bo‘lgan transport vositalari akkumulyator batareyalarini utilizatsiya qilish infratuzilmasini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan chetdan olib kiriladigan elektromobillarga utilizatsiya narxi oshishi belgilangandi


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkor Elektromobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing