Elektr yo‘qligi sababli Toshkentning to‘rtta tumani issiq suvsiz qoldi

Jamiyat

image

Elektr ta’minotidagi uzilishlar sababli Toshkent shahrining 4 ta tumani issiq suv ta’minotidan uzilib qoldi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 25 oktyabr kuni Toshkent shahrini issiqlik energiyasi bilan ta’minlaydigan asosiy korxonalardan biri – “Toshkent issiqlik markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 4-IM qozonxonasida elektr ta’minoti favqulodda to‘xtatilgani sabab, shaharning Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari issiq suv ta’minotidan uzilib qolgan.

“Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining 4-IM qozonxonasi faoliyat yurituvchi hududida joylashgan ayrim joylari (jami 892 ta ob’ekt) faoliyati to‘xtatiladi. Issiq suv ta’minoti elektr tarmog‘idagi avariyaviy ishlar tugallanganidan so‘ng tiklanadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yunusobod Elektr Mirzo Ulug'bek issiq suv Shayxontohur Olmazor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing