Xushxabar: tadbirkorlarga “svet” limiti bo‘yicha yengillik beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda tadbirkorlardan endi elektr energiyasi iste’moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, mazkur miqdordan ortiqcha iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 1,2 baravari (20%) miqdorida to‘lov undiriladi. Bu haqda 2024 yilning 27 dekabr kuni qabul qilingan hukumat qarorida so‘z boradi.

“85. Hisob-kitob davrida iste’molchilar tomonidan (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasi iste’moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, mazkur miqdordan ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 1,2 baravari miqdorida to‘lov undiriladi”, deyiladi hukumat qarorida.

Masalan, shartnoma bo‘yicha tadbirkor bir oy davomida 100 ming kVt soat elektr energiyasi ishlatishi belgilangan bo‘lsa, u 120 ming kVt soatgacha bo‘lgan elektr energiyasi uchun to‘lovni oldingi narxda, ya’ni shartnomada ko‘rsatilgan 100 ming kVt soat uchun belgilangan narxda to‘laydi. Shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortiq elektr sarf qilinganda esa tadbirkor ortiqcha ishlatilgan elektr energiyasi uchun 20 foiz qimmat narxda to‘lovni amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 20 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda elektr va gaz iste’moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qolishnini, agar iste’mol 20 foizdan o‘tib ketsa, oshgan qismiga to‘lov 20 foiz qimmatlashishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr tadbirkorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing