Eldorni gol urmagani uchun tanqid qila olmayman – Mourino

Sport

image

Rimning "Roma" klubi bosh murabbbiyi Joze Mourino Italiya A Seriyasining 14-turidan o‘rin olgan "Sassuolo"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi.

“Birinchi bo‘limda Shomurodov imkoniyatlardan foydalanishi kerak edi. Men hujumchilarning gol urish imkoniyatlarini baholash niyatida emasman. Eldorni gol urmagani uchun tanqid qila olmayman, chunki u boshqa ko‘plab vaziyatlarda qo‘ldan kelgancha harakat qildi. Belotti haqida nimadir deya olmayman, chunki u hali jamoaga ko‘nikishi kerak”, deydi portugaliyalik mutaxassis.

"Bo‘rilar"ning "Sassuolo" qarshi bahsi 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Ortda qolgan 14 turdan so‘ng rimliklar turnir jadvalida 26 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turishibdi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov "Sassuolo" bilan o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 66-daqiqada zahiraga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shomurodov Roma

Baholaganlar

385

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing