Eldor Shomurodovga Italiyaning ikkita klubi da’vogarlik qilmoqda

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga A Seriyaning ikkita klubidan qiziqish bor. Bu haqda jurnalist, insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Torino” va “Bolonya” klublari 27 yoshli o‘zbekistonlik futbolchini “Roma”dan sotib olish sharti bilan ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq, Shomurodovning agenti Qahhor Mo‘minov mijozining Rim klubini tark etishini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yozida "Roma" Eldor Shomurodov uchun "Jenoa"ga 18 million yevro to‘lagan edi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya A seriyasining 28 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda, “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov “Roma”

Baholaganlar

1447

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing