Eldor Shomurodov “Jenoa”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Avvalroq, “Rostov” klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning “Jenoa” jamoasiga o‘tayotgani haqida xabar bergan edik. Klublar o‘rtasida to‘lovni amalga oshirishni kelishib olishgina qolgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Jenoa” Shomurodov uchun uch yil davomida 7,5 mln yevro to‘laydi. Futbolchining maoshi esa bir mavsumga 600-700 ming yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, “Jenoa” o‘zbekistonlik futbolchi uchun bonuslar bilan birga 9 mln yevro to‘laydi. Shuningdek, “Rostov” futbolchining keyingi transferidan ham 15 foiz ulush oladi.

Avvalroq, “Jenoa”ning 11 futbolchisi va yana 4 nafar boshqa vakilida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov

Baholaganlar

3334

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing