Eldor Shomurodov “Jenoa” bilan shartnoma imzoladi

Sport

image

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov rasman Italiyaning "Jenoa" klubi futbolchisiga aylandi.

“Jenoa” 1995 yil 29 iyun kuni Jarqo‘rg‘onda tug‘ilgan “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovni sotib olganini e’lon qiladi. Futbolchi 2024 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi”, deb xabar berdi italyan klubi.

Ma’lumot uchun, oldinroq “Jenoa” Shomurodov uchun 7,5 million yevro to‘lashi, “Rostov” o‘yinchining keyingi sotuvidan 15 foiziga ega bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Shomurodovning “Jenoa”dagi yillik maoshi 600-700 ming yevroni tashkil qiladi. Shomurodov yangi klubida 9 raqamda harakatlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov

Baholaganlar

382

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing